Osh tanlovi
⚡️⚡️⚡️Ohangaron tumani MMTB tasarrufidagi 53-sonli maktabda 6-7-8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "osh tanlovi" boʻlib oʻtdi
🥗4-5 oʻquvchidan iborat kichik jamoalar oʻzaro osh pishirish boʻyicha kuch sinashishdi. Hakamlar hayʼati tomonidan oʻquvchilarning tozalikka rioya qilishi, ishtirokchilarning kiyimlari va ishlatayotgan mahsuloti-yu qilayotgan harakatlari – barchasi nazorat qilindi. Oʻqituvchilar oshning dasturxonga tortilishi, uning bezagi va taʼmiga qarab baho berdilar. 6-sinf jamoasi "Eng chiroyli va totli osh" nominatsiyasi boʻyicha, 7-sinf jamoasi "Eng yaxshi osh" va 8-sinf jamoasi "Eng lazzatli osh" nominatsiyasi 9-sinf jamoasi "Eng mazali osh" nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar

